Monako Valdesga 60 million evrolik shartnoma taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2013, 09:06
Monako Barselona posboni Viktor Valdes erkin agentga aylanganida u bilan shartnoma tuzmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi a'zosi 2014 yil yozida erkin agentga aylanadi.

Dmitriy Ribolovlev klubi Valdesga 4 yillik shartnoma va yiliga 10 million evro maosh taklif qilmoqchi. Bundan tashqari turli bonuslar orqali darvozabon yana 20 million evro ishlab olishi mumkin. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru