“Monako” Lasina Traoreni o'z safiga qo'shib olmoqchi

18 dek 2013, 10:04
“Anji” klubi hujumchisi Lasina Traore, “Monako” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.

“Monako” 23 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisini qishki transferlar oynasi mobaynida sotib olmoqchi, deb xabar beradi Footmercato.

Manbaning xabariga ko'ra, “Monako” Traore bilan 5 yillik shartnoma imzolab, uning hozirgi maoshini saqlab qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, “Anji” klubi o'tgan yozda hujumchi uchun 22 million evro so'ragan edi.


Manba: sports.ru