Modrich: "Faoliyatimni "Real"da yakunlashni istayman"

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 14:59
"Real" xavbeki Luka Modrich faoliyatini madridliklar safida yakunlashni istaydi.

"Mening yoshimda katta rejalar qilib bo'lmaydi. "Real" sovrin yutishi uchun bor kuchimni berishim mumkin. Biroq bu ham klubga bog'liq. Yana bir necha yil davomida yuqori holatda futbol o'ynay olishimga ishonaman. Agarda "Real"ga foydam tegmasa, boshqa klubda ham o'ynashim mumkin. Lekin faoliyatimni "Real"da yakunlashni istayman", - dedi Modrich.

Xorvatiyalik 2012 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo