Mina ilgari Puyol va Inesta o'ynagan raqamda maydonga tushadi

19 yanv 2018, 03:26
“Barselona”ning yangi xaridi himoyachi Yerri Minaning Kataloniya klubida qaysi raqamda to'p tepishi ma'lum bo'ldi.

Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra, 23 yoshli kolumbiyalik futbolchi 24-raqamda to'p tepadi.

O'z vaqtida ushbu raqamda “Barselona”da Fernando Koutu, Karles Puyol, Andre Fontas, Jeremi Matyo, Andres Inesta, Yaya Ture va Serxio Roberto to'p tepishgan.

Mina “Barsa”ga “Palmeyras”dan kelib qo'shildi. Futbolchi klub bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnomaga imzo chekdi. Ushbu transfer kataloniyaliklarga 11,8 million evroga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Барселона" ФК расмий сайти