Millatlar ligasi. Ispaniya va Norvegiyada g'alaba, Portugaliyada mag'lubiyat hamda boshqa natijalar

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022, 01:47
Millatlar ligasining bir qator uchrashuvlari yakunlandi.

"A" liganing 2-guruhidan o'rin olgan bahslarda Ispaniya Chexiyani mag'lub etib, peshqadamga aylandi. Portugaliya esa Shveytsariyaga imkoniyatni boy berib, 2-pog'onaga tushib qoldi. Krishtianu Ronaldu mazkur bahsda maydonga tushirilmadi. Shuningdek, "B" va "S" liga o'yinlari ham o'tkazildi. Jumladan, Norvegiya hujumchisi Erling Holand Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda dublga erishdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.


Shimoliy Irlandiya – Kipr 2:2 (0:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 32 Kakulis, 0:2 – 51 Kakulis, 1:2 – 71 Makneyr, 2:2 – 90 Evans.

Shimoliy Irlandiya – Karson, Spenser (Bredli, 69), Evans, Bellard, Braun, Charlz (Tompson, 59), Makmenamin (Makginn, 69), Devis, Makneyr, Leyveri (Uayt, 58), Laferti (Charlz, 69).

Kipr – Xristodulu, Layfis (Ioannu, 69), Artimatas, Gogich, Kiryaku, Panayotu, Xristofi, Kastanos, Cionis (Papulis, 58), Pittas (Panayotu, 46), Kakulis (Katelaris, 78).

Ogohlantirishlar: Devis (68), Layfis (69).


Gruziya – Bolgariya 0:0 (0:0, 0:0)

Gruziya – Loriya, Kashiya, Xocholava, Dvali, Azarov (Kiteyshvili, 64), Kvekveskiri, Mekvabishvili (Davitashvili, 63), Kvaratsxeliya, Lobjanidze, Kazaishvili (Citaishvili, 52), Mikautadze (Zivzivadze, 80).

Bolgariya – Mixaylov, Turicov, Chorbadjiyski, Galabov, Nedyalkov, Milanov, Kostadinov, Stefanov (Malinov, 65), Minchev (Chochev, 85), Iliev (Minchev, 51), Kraev.

Ogohlantirishlar: Minchev (54), Davitashvili (67), Kostadinov (74).


Norvegiya – Shvetsiya 3:2 (1:0, 2:2)

Gollar: 1:0 – 10 Xoland, 2:0 – 54, penalti Xoland, 2:1 – 62 Forsberg, 3:1 – 77 Serlot, 3:2 – 90 Dokeresh.

Norvegiya – Nyuland, Ryuerson (Pedersen, 66), Strannberg, Estigor, Berkan, Torsbyu (Berg, 66), Edegor (Torstvedt, 66), Berge, Deli (Elyunussi, 57), Serlot, Xoland (Berisha, 89).

Shvetsiya – Olsen, Kraft, Ekdal, Kurtulush (Papayannopulos, 85), Gudmundsson, Forsberg, Karlstrem (Klasson, 59), Kayuste (Eriksson, 83), Kulusevski, Kvayson (Elanga, 58), Isak (Dokeresh, 58).

Ogohlantirishlar: Kulusevski (8), Edegor (40), Kraft (56), Estigor (56), Berge (64), Gudmundsson (78), Pedersen (84).


Shimoliy Makedoniya – Gibraltar 4:0 (4:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 4 Bardi, 2:0 – 14, avtogol Torilla, 3:0 – 16 Miovski, 4:0 – 31 Churlinov.

Shimoliy Makedoniya – Shishkovski, Todoroski, Ristevski, Zaykov, Serafimov, Alioski (Etxemi, 46), Nikolov, Bardi (Fazlagich, 46), Elmaz (Grozdanovski, 80), Churlinov (Dimoski, 46), Miovski (Babunski, 62).

Gibraltar – Banda, Valarino (Djolli, 74), Uayzmen, Chipolina (Sardjent, 60), Bernardu Lopesh, Olivero, Britto (Chipolina, 60), Ennesli, Torilla (Ronan, 46), Uoker, Kassiaro (Staych, 59).

Ogohlantirishlar: Bernardu Lopesh (3), Nikolov (83), Sardjent (84), Chipolina (87).


Gretsiya – Kosovo 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 71 Yakumakis, 2:0 – 90 Mantalos.

Gretsiya – Vlaxodimos, Boldok, Xacidyakos, Mavropanos, Cimikas, Buxalakis (Kurbelis, 77), Siopis, Masuras (Aleksandropulos, 85), Xaciyovanis (Mantalos, 46), Bakasetas (Yannulis, 85), Pavlidis (Yakumakis, 59).

Kosovo – Murich, Rraxmani, Kryuezyu, Aliti, Byutyuki (Zeneli, 76), Rudani (Loshay, 46), Berisha, Musliya (Idrizi, 58), Domgeni, Rashica (Saxiti, 90), Muriki.

Ogohlantirishlar: Kryuezyu (35), Yakumakis (80), Mantalos (81), Vlaxodimos (90).


Malta – San-Marino 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 50 Muskat.

Malta – Bonello, Pepe, Muskat, Apap (Borg, 79), Mbong, Kamenzuli, Giyome, Payber (Vella, 79), Teuma, Gembin (Degabriele, 71), Montebello (Satariano, 88).

San-Marino – Benedettini, D`Addario (Dzafferani, 79), Palacci, Fabbri, Rossi, Grandoni (Rinaldi, 61), Battistini, Lunadei (Vitayoli, 85), Chekkaroli (Xirsh, 79), Tomassini (Mularoni, 61), Nanni.

Ogohlantirishlar:  Lunadei (67), Battistini (86), Rossi (90).


Ispaniya – Chexiya 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 24 Soler, 2:0 – 75 Sarabiya.

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Martines, Erik Garsiya, Alonso (Alba, 78), Koke (Buskets, 79), Rodri, Soler (Gavi, 59), Olmo, Morata (Ferran Torres, 59), Asensio (Sarabiya, 72).

Chexiya – Mandous, Coufal, Brabec, Emelka, Zima, Zeleny (Kalvax, 79), Souchek, Sadilek (Kral, 30), Peshek (Tecl, 79), Cherny (Glojek, 59), Kuxta (Yurechka, 59).

Ogohlantirish: Karvaxal (78).


Shveytsariya – Portugaliya 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 1 Seferovich.

Shveytsariya – Omlin, Vidmer (Shteffen, 46), Elvedi, Akandji, Rodriges (Stergiu, 79), Djaka, Froyler, Sou (Ebisher, 79), Shakiri (Okafor, 22), Seferovich, Embolo (Cuber, 66).

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu, Pepe, Danilu Pereyra, Mendesh, Brunu Fernandesh (Mateush Nunesh, 74), Ruben Nevesh (Rikardu Orta, 82), Vitinya (Bernardu Silva, 62), Otavio (Gedesh, 46), Andre Silva, Rafael Leau (Diogu Jota, 62).

Ogohlantirishlar: Danilu Pereyra (13), Vidmer (34), Joau Kanselu (59), Omlin (80).


Sloveniya – Serbiya 2:2 (0:2, 2:0)

Gollar: 0:1 – 8 Jivkovich, 0:2 – 35 Mitrovich, 1:2 – 48 Gnezda-Cherin, 2:2 – 53 Sheshko.

Sloveniya – Oblak, Karnichnik, Mevlya (Gorenc-Stankovich, 84), Brekalo (Balkovec, 46), Biyol, Sikoshek (Verbich, 78), Kurtich, Zayc (Chrnigoy, 46), Gnezda-Cherin, Celar (Shporar, 46), Sheshko.

Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Yovich, 56), Gruyich (Milinkovich-Savich, 65), Maksimovich (Rachich, 85), Lukich (Kostich, 57), Jivkovich (Radonich, 46), Tadich, Mitrovich.

Ogohlantirishlar: Sikoshek (31), Gnezda-Cherin (47), Kurtich (50), Gruyich (57), Karnichnik (74), Gorenc-Stankovich (86), Milinkovich-Savich (90).

Chetlatish: Raykovich (90).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia