Milinkovich-Savich MYU bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2019, 13:58
"The Daily Mail" nashrining ma'lum qilishicha, "Lacio"ning serbiyalik yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

24 yoshli o'yinchi mankunianliklar bilan allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, futbolchi yiliga 6 million evro maosh oladi. Ammo, hali tasdiqlanmagan ma'lumot.

MYUda Sergeyni sotib olish uchun pul faqatgina Pol Pogbani sotgan taqdirdagina paydo bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Daily Mail