"Milan" Zlatanga 6 mln evro taklif qiladi

Tolibjon Qosimov
21 noya 2019, 15:58
"Milan" klubi hujumchi Zlatan Ibragimovichni qaytarish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi. Ibragimovich yaqindagina "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etgan edi.

"Rossonerlar" 38 yoshli shvedga 6 oylik shartnoma taklif qilishmoqda, uni yana bir yilga uzaytirish mumkin bo'ladi. Zlatanning maoshi 18 oy uchun 6 mln evro bo'ladi.

Hujumchining o'zi "Milan"ning futbol bo'limi boshlig'i Zvonimir Boban bilan telefon orqali gaplashgan va unga yaqin bir necha hafta ichida qaror qabul qilishga vada bergan.



Oldinroq, Ibragimovich "Milan" tarkibida 2010 yildan 2012 yilgacha to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport