"Milan" va "Sevilya" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisining transferini ko'rib chiqishmoqda

Alisher
23 avg 2021, 08:12
PSJ forvardi Pablo Sarabiya francuz klubidan ketishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalikning agenti o'yinchining xizmatlarini transferni baholayotgan "Milan" va "Sevilya"ga taklif qildi.

Sarabiya o'tgan mavsum PSJ tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Ispaniya terma jamoasi a'zosi transfermarkt tomonidan 25 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira