"Milan" hujumchisi Xitoy chempioni safiga o'tishni istamadi
Tolibjon Qosimov
11 yanv 2018, 10:58
"Milan" klubi hujumchisi Nikola Kalinich Xitoy chempioni "Guanchjou Evergrand"ga o'tishni xohlamadi.
Bu haqda "Football Italia" xabar berdi. Xorvatiyalik forvard "rossonerlar" asosiy tarkibiga muqim o'rnashib olishni maqsad qilgan. Joriy mavsum u A Seriyaning 17 o'yinida ishtirok etdi va 4ta gol urdi.