“Atletiko” hujumchisi A Ceriya klubiga o'tdi

6 okt 2020, 09:50
Nikola Kalinich faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

“Verona” klubi Madridning “Atletiko”sidan hujumchi Nikola Kalinichni o'z safiga qo'shib oldi. 31 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma imzoagan. Transfer summasi oshkor qilinmagan.

Kalinich 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida “Roma”da o'tkazdi. U rimliklar safida 19 ta o'yinda, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Верона” расмий сайти