“Milan” 21 ta o'yindan beri yutqazmayapti. Keyingi o'yin “Roma”ga qarshi

23 okt 2020, 09:26
“Milan” Yevropa Ligasi 1-turida safarda “Seltik”ni 3:1 hisobida taslim qildi.

Milanliklar barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 21 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. “Rossonerilar” bu o'yinlarning 16 tasida g'alaba qozonib, 5 tasida durang qayd etdi. Stefano Pioli jamoasining bu ceriyasi o'tgan mavsum restartidan so'ng boshlangan. “Milan” so'nggi bor mart oyida o'z uyida A Ceriya doirasida “Jenoa”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.

Jamoa navbatdagi o'yinini A Ceriya doirasida 26 oktyabrda “Roma”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru