

Andrey Shipilov boshqaruvidagi Metallurg safiga kuni-kecha ikki nafar yangi o'yinchi kelib qo'shildi. Bular - yaqinda Xitoy davlatida bo'lib o'tgan Osiyo chempionati ishtirokchilari, himoyachi Doston Tursunov va yarim himoyachi Abdujamol Isroilovdir. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, ushbu Osiyo chempionlari o'tgan mavsum Neftchi tarkibida harakat qilgandi. Endilikda ular Metallurg sharafini himoya qilishga yaqin turibdi.



