“Metallurg” bugundan tayyorgarlikni davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2017
Mamlakat milliy chempionatining 28-turida dam olgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi a'zolari bugundan e'tiboran oxirgi ikki tur uchun tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.

Kunning ikkinchi yarmida asosiy tarkib o'yinchilari Chirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida jamlanishadi va rejaga muvofiq mashg'ulotlarni boshlashadi. Yoshlar tarkibining mahalliy o'yinchilari Bekobodda hozirlik ko'rishsa, chetdan kelgan yoshlar asosiy tarkib a'zolariga qo'shilishadi.

Eslatib o'tamiz, “Metallurg” futbolchilari 29-turni safarda, musobaqa jadvalida yonma yon pog'onada borayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi. So'nggi turda esa hamshaharlarimiz Bekobodda Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Oxirgi ikki tur o'yinlari bir vaqtda, soat 14:00 da boshlanishidan xabaringiz bor.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia