Messining ona shahrida uning 70 metrli tasviri paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2021, 18:59
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining tug'ilgan joyi bo'lgan Rosario shahri hukumati termaning Amerika Kubogini yutganiga munosabat bildirdi.

Rosarioning asosiy diqqatga sazovor joyi – milliy bayroq yodgorligida Messining 70 metrli tasviri paydo bo'ldi. Aynan shu binoda Argentina bayrog'i 1812 yilda birinchi marta ko'tarilgan.

Argentina Amerika Kubogi finalida Braziliyani 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona gol Anxel di Mariya tomonidan urildi.

34 yoshli Messi terma jamoa bilan birinchi sovrinni qo'lga kiritdi. Ilgari u faqat Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com