"Paxtakor" sobiq darvozaboni faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2026
34 yoshli futbolchi o'z vaqtida o'z darvozasi yonidan raqib darvozasiga to'p kiritgan.

O'tgan mavsum Toshkentning "Paxtakor" klubi sharafini himoya qilgan darvozabon Jonatan Luis Sikeyra faoliyatini Braziliya B Seriyasida ishtirok etuvchi "Atletik San-Juan-del-Rey" jamoasida davom ettiradi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi "sherlar" tarkibida barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta to'p yuborgan va 3 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Darvozadan darvozaga gol urgan, Militao va Brunu bilan bir safda turgan hamda intervyusi tufayli xijolatda qolgan "Paxtakor"ning yangi posboni bilan yaqindan tanishamiz


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar