Messiga nima bo'lgan? U PSJning navbatdagi uchrashuvini ham o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
10 okt 2022, 23:58
PSJ hujumchisi Leo Messi jamoaning bugungi mashg'ulotlarida ham ishtirok etmadi.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi seshanba kuni YCHL doirasida "Benfika"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etmaydi. Yodingizda bo'lsa u chempionat doirasida "Reyms"ga qarshi o'ynamagandi.

Oldinroq Messining boldirida muammosi borligi biroq bu uning keyingi o'yinlariga ta’sir qilmasligi aytilgandi. Ammo davolanish vaqti uzoqroqqa cho'zilishi ham mumkin.

Ushbu mavsumda Messi chempionatning 9 o'yinida 5 gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien