

"Le Parisien" xabariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi seshanba kuni YCHL doirasida "Benfika"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etmaydi. Yodingizda bo'lsa u chempionat doirasida "Reyms"ga qarshi o'ynamagandi.
Oldinroq Messining boldirida muammosi borligi biroq bu uning keyingi o'yinlariga ta’sir qilmasligi aytilgandi. Ammo davolanish vaqti uzoqroqqa cho'zilishi ham mumkin.
Ushbu mavsumda Messi chempionatning 9 o'yinida 5 gol va 7 assist qayd etdi.



