Messi va Suares "Barselona"da umumiy guruhda shug'ullanishdi

Alisher
9 sen 2020, 15:25
"Barselona" sardori Lionel Messi umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

33 yoshli argentinalik Filippe Koutino, Frenki de Yong, Serji Buskets va Ansu Fati bilan birgalikda mashg'ulotlar olib bormoqda.

Oldinroq, Messi va Koutino yakka tartibda shug'ullanishayotgan edi.

Qayd etish kerakki, mashg'ulotlardan olingan suratlarda Luis Suaresni ham ko'rishimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona