Messi PSJdagi ko'nikish jarayoni haqida gapirdi

Alisher
16 noya 2022
PSJ hujumchisi Lionel Messi 2021 yilning yozida o'tgan Parij klubidagi adaptaciya jarayoni haqida to'xtalib o'tdi.

"Hozirda Parijda zavq olyapman, juda ham chiroyli joy. PSJdagi birinchi yil o'tish davriga boy bo'ldi, ko'nikish uchun esa ko'p vaqt talab qilindi. Menga qiyin bo'ldi, sababi transfer borasidagi qaror kutilmagan tarzda qabul qilingandi", - deydi argentinalik.

Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Forvard joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 13 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta to'p kiritdi va 10 ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo