Messi PSJ bilan shartnomani uzaytiradi. Uning maoshi 40 mln evro bo'ladi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023, 18:35
Bu haqda Nikolo Skira ma'lumot berdi.

Lionel Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, argentinalik futbolchi 2024 yilgacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo'lgan shartnoma tuzadi.

Forvardning maoshi yiliga 40 million evroni tashkil qiladi.

35 yoshli Messining PSJ bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira