Messi Lautaroning transferi borasida unga qo'ng'iroq qildi

Alisher
27 apr 2020, 17:58
"Barselona" o'z yetakchisidan "Inter" hujumchisi Lautaro Martines bilan bo'layotgan muzokaralarda foydalanmoqda.

Kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi vatandoshi bilan aloqaga chiqqan.

Xabar qilinishicha, Messi Lautaro bilan uning "Barsa"ga o'tishi borasida gaplashgan. Transfer yozda amalga oshishi mumkin.

"Barselona" ayni damda Lautaroning 111 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor emas. Kataloniyaliklar shu sabab "Inter"ga o'z o'yinchilarini taklif qilmoqda, ammo milanliklar o'yinchi almashishni istashmayapti.


AlisherMuallif
Manba: AS