Messi "Inter Mayami" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar orasida 3-o'ringa ko'tarilib oldi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2023
"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi bugun Ligalar Kubogi doirasida "Sharlott"ga qarshi o'yinni (4:0) ham golsiz tark etmadi.

Bu Messi uchun yangi jamoasi safidagi 8-gol bo'ldi. Bu orqali Messi klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar orasida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. U Robert Teylor bilan bir xil gol urgan.

Klub tarixida eng yaxshi to'purar Gonsalo Iguain hisoblanadi - 29 ta gol. Ikkinchi o'rinni esa 16 ta golga ega Leonardo Kampana band etgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com