Messi Fransiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Administrator
20 okt 2022, 22:50
Futbolchi Fransiyada tengsiz bo'ldi.

PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Messi muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada 57% ovoz to'plab g'olib bo'ldi. 

Ma'lumot uchun, sentyabr oyida Messi chempionat doirasida uchta o'yin o'tkazdi va ushbu uchrashuvlarda bitta gol va uchta assist qayd etdi. 

Eslatib o'tamiz, avgust oyida bu sovrinni PSJning boshqa bir yulduzi Neymar qo'lga kiritgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/Ligue1UberEats