Mertens "Borussiya"ning taklifini rad etdi

26 dek 2019, 23:31
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens Germaniyaga ko'chib o'tmoqchi emas.

"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, neapolliklar forvardi Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishdan bosh tortgan. 32 yoshli Mertens "Napoli" bilan hamkorlikni davom ettirish shartlarini muhokama qilmoqchi, agar muzokaralar muvaffaqiiyatli yakunlansa, tomonlar o'rtasida yangi bitim imzolanadi.

Takidlash lozimki, belgiyalik futbolchiga "Inter" va Madridning "Atletiko"si ham faol qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato