Mbappe: "PSJ tarixini yozishda davom etamiz"

Aslanov Jasurbek
20 may 2021, 12:30
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya kubogi finalida "Monako" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu finalda g'alaba qozonish uchun ko'p ishladik. Siz PSJ jamoasida o'ynar ekansiz, demak qo'lga kiritiladigan har bir sovrin muhim hisoblanadi. Chunki shu orqali klubning yangi tarixini yozamiz. Buni davom ettiramiz",- deydi Mbappe.

Bu kechada Parijdagi "Stad de Frans" o'yingohida "Monako" hamda PSJ ishtirokida Fransiya Kubogi finali o'tkazildi. Unda Pochettino shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com