Mbappe klubni tekinga tark etsa, PSJ 175 mln. evro yo'qotadi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2023, 20:33
Kilian Mbappening PSJdan tekinga ketishi klubda moliyaviy muammolar keltirib chiqaradi.

Oldinroq, hujumchi Parij klubini shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish imkoniyatidan foydalanmasligi haqida ogohlantirgan edi. U 2024 yilgacha klubda qolib, jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi. Parijliklar esa uni pullash haqida o'ylashmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mbappening erkin agent sifatida ketishi Parij klubida moliyaviy muammolar keltirib chiqaradi, ular 175 mln. evro yo'qotishadi.

Aynan shu sababli PSJ bir necha futbolchisini sotib, tarkibda o'zgartirishlarga qo'l urishi mumkin. Kilianning tekinga ketishi klubning feyr-pley standartlariga negativ ta’sir qiladi. Fransiyalik shartnomasi bo'yicha noaniqlik tufayli PSJ bir nechta transferlarning muzokaralarini to'xtatib qo'ydi.

PSJ 31 iyulgacha Mbappe bo'yicha muammoni hal qilmochi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic