"Mashal": "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 16:02
Oliy liganing 25-turida "Olmaliq" jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushgan ”Mashal” 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bugun jamoa keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshladi, futbolchilar asosan jismoniy mashqlarni bajarishdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar sog'-salomat. "Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvni, Zohir Qo'ziboev o'tkazib yuboradi, unda sariq kartochkalar soni 4taga etgan.

Eslatib o'tamiz, "Mashal” jamoasi navbatdagi bahsni ham o'z maydonida o'tkazadi. 18 oktyabr kuni oliy liganing 20-turi qoldirilgan uchrashuvida Toshkentning "Lokomotiv” jamoasi Muborakda mehmon bo'ladi.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz