

"Boshqalarning fikri menga ta’sir qilmaydi. Gol ura olmasam, o'zimdan xafa bo'laman. Doimo shunday bo'lganman. MYUga o'tish juda tez sodir bo'ldi, ammo o'zimni yo'qotib qo'ymadim va faqat o'yin haqida o'yladim. Liga 1 bilan solishtiradigan bo'lsak APLda talablar yuqoriroq. Premer-ligani jahonning eng yaxshi ligasi deb hisoblayman.
Bu yerda atmosfera o'zgacha, insonlar futbol bilan yashashadi. Faqat "Manchester Yunayted"da qanchalik jismonan kuchli ekanligimni tushundim, "Monako"da buni his qilmaganman. Murabbiy kaminaga ishonadi deb o'ylayman, men esa formamni yo'qotmaslikka harakat qilaman" - deydi Marsyal.



