"Monterrey" Marsyal transferini e'lon qildi

Alisher Ostonov
13 sen 2025
Hujumchi Antoni Marsyal AEKdan "Monterrey"ga o'tdi, deya xabar bermoqda Meksika klubi matbuot xizmati.

Futbolchi bilan kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. 29 yoshli francuz "Monterrey" safida 9-raqam ostida harakat qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv summasi 3,85 million evroni tashkil etdi.

Futbolchi 2024/25-yilgi mavsumda AEK safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Marsyal bungacha "Monako", "Manchester Yunayted", "Sevilya" va "Monako" klublarida ham o'ynagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: rayados.com