Mario Gyotcedan dabl ahmoqlik

Aslanov Jasurbek
31 may 2016, 18:45
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mario Gyotce bir necha daqiqa ichida ikki marotaba "qovun tushirdi".

Oldinroq Germaniya terma jamoasi Evro-2016 uchun tarkibini e'lon qilgan edi. Unda Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Marko Roysga joy topilmadi. Bundan xabar topgan Gyotce bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan do'stini "tvitter" orqali tinchlantirishga urindi, ammo bu teskari ko'rinish oldi.

"Tug'ilgan kuning bilan Marko! Birga ishtirok etadigan navbatdagi turnirimizni sabrsizlik bilan kutyapman" - deb "qovun tushiradi" futbolchi.



Keyinroq ushbu tvit o'chirib tashlandi va Gyotce tabrikni to'g'irlashga urindi. Navbatdagi xabar esa birinchisidanda ahmoqona chiqdi.

"Tug'ilgan kuning bilan Marsino11 (@marcinho11), ammo juda xafaman".

Gyotce Roys deb boshqa insonni tabriklab yubordi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia