Marca: Falkao Monako loyihasidan ko'ngli to'lmadi va u yerdan ketmoqchi

18 avg 2013, 13:17
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao klbuni tark etish istagida, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaga ko'ra, kolumbiyalik hujumchi Dmitriy Ribolovlev boshlagan ushbu loyihadan ko'ngli to'lmadi va transfer oynasi yopilmasidan, biror boshqa klubga o'tish istagida.

"Monako" Joau Moutino, Xames Rodriges va Radamelni sotib olgach, boshqa yulduz futbolchilarni harid qilmadi va shuning uchun Falkao o'zini aldangandek his qilyapti.

Xabarga ko'ra, frnacuz klubi futbolchini Madridning "Real" klubiga taklif qilib ko'rgan. Biroq Beyl haridini maqsad qilgan "qirollik klubi" futbolchini olishdan bosh tortdi.

Kolumbiyalik futbolchini sotib olishni istayotgan klublardan biri "Chelsi"dir. Londonliklar Ueyn Runini sotib olishning uddasidan chiqmasalar Falkaoni sotib olishlari mumkin.

Manba: sports.ru