Mane Klopp sabab "Liverpul"dan kyetishga tayyor

Alisher
22 apr 2020
"Liverpul" vingeri Sadio Mane yozgi transferlar oynasida klubdan kyetishi mumkin.

28 yoshli senegallik futbolchi Yurgen Kloppdan xafa, sababi germaniyalik "Oltin to'p" uchun so'rovnomada unga ovoz bermadi.

Ammo, jamoaning boshqa o'yinchisi Virjil van Deykka ovoz berdi va natijada Mane to'rtinchi o'rinni egalladi.

Xabar berilishicha, o'yinchi endilikda hujumchi uchun 150 million funt to'lashga tayyor bo'lib turgan "Real"ning variantini ko'rib chiqadi.

Mane joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: France Football