"Manchester Yunayted"ning uch murabbiyida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
21 fev 2021, 17:25
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati koronavirus tekshiruvi natijalarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, jamoaning uch murabbiyida koronavirus aniqlangan va ular bugun "Nyukasl"ga qarshi o'yinda ishtirok etishmaydi. Ular izolyaciyaga olingan. Shu sababdan bugun kechki payt Nikki Batt hamda Mark Dempsi "Yunayted" murabbiylar shtabida bo'lishadi.

"Athletic" nashrining bergan ma'lumotiga ko'ra, futbolchilarda virus aniqlanmagan va ularning barchasi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal