"Manchester Yunayted" Pogbaning o'rinbosari bo'lishi mumkin bo'lgan Milinkovich-Savichga qiziqishni davom ettirmoqda

Alisher
5 apr 2022, 10:22
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Angliya klubi Pol Pogba klubdan ketgan taqdirda, uning o'rinbosari bo'lishi mumkin bo'lgan 27 yoshli serbni xarid qilish variantini yana ko'rib chiqishi mumkin.

Milinkovich-Savich joriy mavsum "Lacio" tarkibida 40ta yo'inda maydnoga tushib, 9ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 70 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport