"Manchester Yunayted" jamoadan ketishi mumkin bo'lgan futbolchisi bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2018, 14:25
"Manchester Yunayted" chap qanot himoyachisi Lyuk Shou bilan shartnomani uzaytiradi.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, jamoadagilar futbolchi uchun yangi shartnoma tayyorlanishmoqda. Buni Joze Mourinyo talab qilmoqda.

"Manchester Yunayted" "Yuventus"ning chap qanot himoyachisi Aleks Sandro bilan shartnoma imzolay olmagani sababli Shou bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Shou o'tgan mavsumda APLning 11 uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN