"Manchester Yunayted" futbolchisiga to'rt grand jamoa qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
22 may 2018, 11:20
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini APLning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.

“Evening Standard” xabariga ko'ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Chelsi" va "Tottenxem" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq Dortmundning "Borussiya"si va "Atletiko" kabi jamoalar ham futbolchini o'z safida ko'rishni istagani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Yakunlangan mavsumda Marsyal APLning 30 uchrashuvida maydonga tushdi va 9 gol urib, 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standart