"Manchester Yunayted" "Bayer" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
7 mar 2021, 01:08
Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Edmond Tapsoba "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylandi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" kelib chiqishi Burkina-Fasolik bo'lgan 22 yoshli futbolchining o'yinini diqqat bilan kuzatib borishyapti va yozda uni xarid qilishlari mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" "farmacevtlar" futbolchisiga yagona da'vogar emas, unga "Lester" va "Vulverxempton" ham qiziqish bildirmoqda.

Tapsoba ushbu mavsumda "Bayer" tarkibida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Uning transfer qiymati – 40 million evro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail