"Manchester Yunayted" "Barselona" nishonini ilib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2018, 15:27
"Sevilya" himoyachisi Kleman Langle "Barselona" bilan kelishib olganligi haqidagi ma'lumotga qaramasdan "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi hali ham yakuniy qarorni qabul qilgani yo'q. Langlening shartnomasidagi tovon puli 35 mln. evro va "Barselona" uni faollashtirishga tayyor. Biroq so'nggi bir necha kun davomida "Manchester Yunayted" himoyachiga qiziqa boshladi va u uchun talab qilingan pulni to'lashi mumkin.

So'nggi mavsum 22 yoshli fransiyalik himoyachi LaLigada 35ta uchrashuv o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana