TO'PURARLAR
Bayyerda ham, "Manchester Yunayted"da ham o'tgan mavsumda o'z chempionatida 25 tadan ko'p gol urgan o'yinchilar bor. Bular Shtefan Kissling i Robin van Persilar. O'z chempionatlarining eng yaxshi to'purarlari bu mavsumda ham allaqchon bir qancha gollar urishga ulgurishdi. Kissling yangi mavsumda o'z raqiblarini to'rt bora xafa qilishga ulgurgan bo'lsa, van Persida atiga bitta gol kam. Biroq "Manchester Yunayted" - "Bayer" uchrashuvida gollandiyalikning omadi keldi va Bernd Lenoning darvozasiga bitta gol urishga erishdi, Shtefan Kissling bo'lsa bitta ham gol urolmay maydonni tark etdi.
YANGI O'YINCHILAR
Manchester Yunayted transfer bozorida unchalik faol xarakat qilmadi, bitta o'yinchi bilan shartnoma imzoladi, ammo qanday o'yinchi! Maruan Fellayni “Everton”dan sotib olindi va David Moyes o'z suyuklisining evrokuboklardagi debyut o'yinida asosiy tarkibda tushurdi. Maruan o'zining debyut o'yinida yomon taassurot qoldirmadi. U bitta ham gollik pas bermadi va birorta gol ham urmadi, ammo tayanch zonasida va hujum yaratishda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Aspirinchilar tarkibidan Emre Jan, Son Xen Min, Djulio Donati va Emir Spaxich, shuningdek zahiradan maydonga tushgan Robbi Kruzelar Bayyerda evrokuboklardagi debyutini o'tkazishdi. Donati juda ko'p xatolar qildi, o'tkazib yuborilgan gollarning yarmi uning aybi bilan bo'ldi. Spaxich orqada qolgan himoyachilarga qaraganda ishonchli harakat qildi, lekin u ham xatolar qildi va Bernd Leno darvozasi oldida xavfli vaziyatlarga sababchi bo'ldi. Son birinchi bo'limda juda faol ishtirok etdi, lekin o'zini ko'rsata olmadi, Kruzega esa o'zini ko'rsatishga vaqt etmay qoldi. Yagona muvaffaqiyatli ishtirok etgan o'yinchi Emre Jan bo'ldi. Asli turk bo'lgan nemis, markazda ishonchli ko'rindi va himoyaga yordam berishga ham ulgurdi. Shuningdek, u hujum yaratishda ham faolligi bilan ajralib turdi.
GOLLAR
O'yin gollar soni bilan ham, sifati bilan ham hursand qildi. Runi va van Persi xavodagi zarbalari evaziga gollar urushdi, Rolfes De Xea darvozasining oltitaligini nishonga oldi. Bu vaziyatda to'p aqlbovar qilmas traektoriya hosil qildi. Ueyn De Xeaning pasidan keyin dubl qayd etdi. Valensiya ham kuchli zarbasini namoyon qildi. Omar Toprak ham burchakdan oshirilgan to'pdan keyin yaxshi gol urdi.
JUDA HAM QO'POL XATOLAR
Uchrashuv nafaqat chiroyli gollar bilan balki muhlislar boshlarini ushlab qoladigan qo'pol xatolar bilan ham esda qoldi. Oldiniga Runi ximoyachining xatosidan keyin to'pni egallab, Lenoni aldab o'tdi, biroq bo'sh qolgan darvozaga gol urolmadi, so'ngra u jamoadoshi Valensiyaning to'p oshirishidan keyin Lenodan ham o'tgan to'pni bir metrdan nishonga aniq yo'llay bilmadi.
O'YIN QAHRAMONLARI
Manchester Yunayted tarkibida Ueyn Runi va Antonio Valensiya eng yaxshilar bo'lishdi. Ekvadorlik gol + pas tizimidan 2 ochko ishladi. Doimo Runi va van Persini zarba beradigan vaziyatga olib chiqdi. Ueyn dubl qayt etdi, aslida u uchta, to'rtta va hattoki beshta gol urishi ham mumkin edi. Bayyerdan esa Sidni Semni eng yaxshi deyish mumkin. U chap qanotdagi Patris Evra va unga yordam bergan Yunaytedning boshqa o'yinchilarini bir necha bor qiyin ahvolga solib qo'ydi.
Javlonbek Yusupov tayyorladi