"Manchester Siti" Gvardiolga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022, 20:02
"Shaharliklar" "Leyptsig" himoyachisi bilan shartnoma imzolash niyatida.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "shaharliklar" "Leyptsig" markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiolga qiziqish bildirmoqda.

Agar Natan Ake yozda jamoani tark etsa, "shaharliklar" xo'jayinlari 20 yoshli xorvatiyalikni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishmoqda. Avvalroq OAVda "buqalar" futbolchisini "Tottenxem" sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Gvardiol 2021 yilning iyulidan beri "Leyptsig"da o'ynab kelmoqda. Umuman olganda, himoyachi Germaniya jamoasi safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano