"Manchester Siti" futbolchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Alisher
8 fev 2020, 14:13
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

36 yoshli chililik futbolchiga MLSning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

"Nyu-York Siti" esa tajribali posbonga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bravo joriy mavsum APL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol o'tkazib yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Bravo "Manchester Siti"ga 2016 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Witness