Manchester Siti Demichelisga bir yillik shartnoma taklif qiladi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2014, 13:47
Manchester Siti o'z himoyachisi Martin Demichelis bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Argentinalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi yozda tugaydi, ammo klubdagilar u bilan hamkorlikni davom ettirishmoqchi.

Bu mavsumda 33 yoshli himoyachi Siti safida 8ta o'yinda ishtirok etib 1ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru