"Manchester Siti" darvozaboni mavsum so'nggida jamoadan ketadi

Alisher
3 mar 2020, 13:52
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartiradi.

36 yoshli darvozabon o'yin amaliyoti kamligidan norozi. Futbolchi uchun kurashda "Nyu-York Siti" klubi yetakchilik qilayotgani aytilmoqda.

Uning xizmatlariga shuningdek Meksikaning "Monterrey" klubi ham ehtiyoj sezmoqda.

"Bravo biz yutgan ko'plab o'yinlarda ishtirok etdi. U men ko'rgan juda ham professional futbolchilardan biridir", - deydi Xosep Gvardiola.

Klaudio joriy mavsum APLda 4ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan shuncha gol olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal