"Chelsi" Ispaniya terma jamoasi forvardi transferi ustida ishlamoqda

Alisher Ostonov
8 fev 2026
"Chelsi" "Portu"ning 21 yoshli ispaniyalik hujumchisi Samu Agexova bilan shartnoma imzolamoqchi.

Londonliklar Agexovning faoliyatini 2024 yildan beri kuzatib kelmoqda, o'shanda hujumchi hali Ispaniya chempionatida "Alaves"da o'ynagan. "Port-u"dagi muvaffaqiyatli natijalar "Chelsi"da futbolchi klubga kerak degan fikrni mustahkamladi.

Bu mavsumda Agexova klub safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchining hisobida 20 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk