Manba: Zanolo "Tottenxem"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023, 10:21
Yarim himoyachi Nikolo Zanolo 22 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Speciya"ga qarshi o'yinda "Roma" tarkibida bo'lmaydi.

Rimliklar va "Tottenxem" o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirib bo'ldi. Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar bermoqda.

London klubi kuchliroq tarkibga muhtoj va yanvarda Zanoloni o'z safiga qo'shib olish uchun 40 million evro to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia