"Madrid derbisi" oldidan "Real"ning 10 nafar a'zosi doping testidan o'tdi

Eldor Akmurzayev
28 sen 2019, 00:30
Atletikoga qarshi La Liga 7-turidan oldin Realning 10 futbolchisi doping testidan o'tdi.

Ispaniya nashrining ma'lum qilishicha, UEFA vakillari doping tahlili uchun 27 sentyabr kuni qaymoqranglilarning Valdebebasdagi bazasiga tashrif buyurishgan. 

Bu joriy haftada Real a'zolari uchun ikkinchi antidoping nazorati bo'ldi. Avvalgisi esa dushanbada o'tkazilgandi. 

Eslatib o'tamiz, Madrid derbisi 28 sentyabr kuni Vando Metropolitano o'yingohida bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es