Lyakazett jarohat tufayli Fransiya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2016, 16:56
"DIjon"ga qarshi bahsda (2:4) jarohat olgan "Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett Fransiya terma jamoasining o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Fransiya 1 sentyabr kuni Italiya (o'rtoqlik), 6 sentyabr kuni Belarusiyaga (JCH-2018 saralashi) qarshi maydonga tushadi.

"Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekin va "Kristal Pelas" futbolchisi Yoan Kabay milliy terma jamoaning yig'inida ishtirok eta olmaydi. Ularning o'rniga Usmon Dembele (Dortmund, "Borussiya"), Kevin Gameyro ("Atletiko") va Joffrey Kondogbia ("Inter") chaqirildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com