Lukas Podolski: Inter jahonning eng kuchli jamolari qatoriga kiradi

9 yanv 2015, 01:17
Interning germaniyalik futbolchisi Lukas Podolski o'zining yangi jamoasini dunyoning eng kuchli klublari qatoriga kirishini ta'kidlab o'tdi.
"Inter" klubi jahonning eng kuchli 10ta jamoasidan biri hisoblanadi. Yaqin-yaqingacha jamoa muvaffaqiyatli o'yna kelayotgandi. Bir mavsumning o'zida barcha uchchala sovrinni kiritishga ham erishgan. Italiya chempionati esa dunyoning eng kuchli chempionatlaridan biri sanaladi.

Angliya chempionati va Germaniya bundesliga ayni paytda A Seriyadan daraja bo'yicha biroz yuqorilab ketgan. Lekin Italiyada ham kuchli jamoalar topiladi. "Inter" juda ajoyib klub. Men "neradzurrilar"ga g'alabali odimlarini boshlashlariga yordam bermoqchiman.

Manba: sports.ru