
"Mourinyo bilan ikki oy ishladim. Bu qandaydir boshqacha paytlar bo'ldi men uchun.
U yana mustahkam poydevor ustiga mag'lub etib bo'lmaydigan mashina qurishni boshladi. U bilan men o'rtamizda hech qanday muammo bo'lmagan.
U meni klubda olib qolishni istagan va nima uchun ketmoqchi bo'lganim haqida so'ragandi. Unga ko'proq o'yin amaliyotga ega bo'lish istagim haqida aytganman va Mourinyo buni to'g'ri tushungan.
Ayrim intervyularimda aytgan gaplarimni oyog'ini osmondan qilib, noto'g'ri talqin qilib yuborishdi. Haqiqat shundan iboratki, u mening ketishimga ruxsat berdi. Meni tushundi. Undan buning uchun minnatdorman", dedi Lukaku.