

U 39 yoshu 40 kunligida Seltaga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Modrich Ferenc Pushkashga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi. Vengriyalik futbol afsonasi Madridliklar safidagi so'nggi uchrashuvini 1966 yilda 39 yoshu 36 kunligida o'tkazgan.
Ma'lumot uchun, Modrich Real Madrid safida 2014 yildan beri harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golga assist amalga oshirdi.



